Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Peskov AQShning Ukrainaga bosim o‘tkazishi haqidagi savolga Oq uy javob berishi kerakligini aytdi

Peskov AQShning Ukrainaga bosim o‘tkazishi haqidagi savolga Oq uy javob berishi kerakligini aytdi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSh Ukrainaga Rossiya infratuzilmasiga hujumlarni to‘xtatish uchun bosim o‘tkazishga tayyormi yoki yo‘qmi, degan savolga Oq uy javob berishi kerakligini bildirdi.

«Bu savolni Oq uyga berish kerak. Biz Kiyev rejimi hozircha tinchlik jarayoniga moyil emasligini ko‘rmoqdamiz», — dedi Peskov.

Shu bilan birga, u infratuzilmaga hujumlar davom etayotgan sharoitda Rossiya muzokaralardan voz kechadimi, degan savolga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob bermadi.

Peskovning ta’kidlashicha, Rossiya o‘z maqsadlariga siyosiy va diplomatik muzokaralar orqali erishishga tayyorligini saqlab qolmoqda. Uning aytishicha, agar Kiyev bunga tayyor bo‘lmasa, Rossiya «maxsus harbiy operasiya»ni davom ettiradi.

Shuningdek, u Ukraina mojaroni keskinlashtirishda davom etar ekan, Rossiya «kengroq xavfsizlik zonasi»ni yaratish bo‘yicha choralarni ham davom ettirishini bildirdi.

Kiritildi: 17:13 10.07.2026. O'qildi: 1002 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!