Joriy yilning 13 fevral kuni soat 01:00 da "Toshkent–Pop" yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha temiryo‘l reysi tashkil etiladi. Ushbu reys Qamchiq dovoni yopilgani sababli o‘z manzillariga yetib bora olmagan yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan.
Shuningdek, Popga yetib borgach, mazkur poyezd Farg‘ona vodiysidan Toshkentga yo‘l olgan yo‘lovchilarni ham olib qaytadi.