Bugun 7 iyun, 2026 yil, yakshanba

КИР

Peres Olise uchun taklifni yanada oshirishga qaror qildi

Peres Olise uchun taklifni yanada oshirishga qaror qildi

Madridning «Real» klubi rahbari Florentino Peres «Bavariya»ning fransiyalik vingeri Maykl Oliseni sotib olishni jiddiy tarzda maqsad qilgan. Bu haqda Defensa Central jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, prezident yulduz yarim himoyachining transferi uchun 180 million yevro sarflashga tayyor. Avvalroq matbuotda 150 million yevro miqdoridagi mablag‘ tilga olinayotgan edi. Peres bo‘lajak prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, ushbu transferni amalga oshirish uchun bor kuchini ishga soladi.

Olise 2024 yilning yozidan buyon Myunxen grandi sharafini himoya qilib kelmoqda. Fransiyalik futbolchi va Germaniya top-klubi o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: Bugun 17:20. O'qildi: 238 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!