Bugun 1 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Pep Gvardiola: «Husanov maydonni tark etmaganida, ikkinchi golni o‘tkazib yubormagan bo‘lardik»

Pep Gvardiola: «Husanov maydonni tark etmaganida, ikkinchi golni o‘tkazib yubormagan bo‘lardik»

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Brayton"dan o‘tkazib yuborilgan gol borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Biz ikkinchi golni tezkor va juda ham tez o‘ynaydigan futbolchilardan o‘tkazib yubordik.

Husanov bunga qarshi kurasha olardi, chunki u juda tezkor, ammo afsuski, uning mushaklarida lat yeyish va muammolar kuzatildi, shuning uchun u o‘yinni davom ettira olmadi.

O‘ylashimcha, Husanovda hech qanday jiddiy muammolar yo‘q, hammasi joyida!», — dedi Gvardiola o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.

Kiritildi: 22:49 31.08.2025. O'qildi: 2075 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!