"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Barselona"ga qaytmasligini ma’lum qildi.
Ispaniyalik murabbiy 2008 yildan 2012 yilgacha "ko‘k-anorranglilar"ni muvaffaqiyatli boshqargan. Mutaxassisdan vaqti-vaqti bilan o‘zi uchun qadrdon bo‘lgan klubga qaytishi haqida so‘rashadi, ammo uning aytishicha, bu sodir bo‘lmaydi.
"Hammasi tugadi. Tamom. Bu ajoyib davr edi, ammo hammasi ortda qoldi", - deya "Barsa"ga qaytish haqidagi savolga javob berdi mutaxassis.
Xosep Gvardiola Kataloniya klubini tark etgach, "Bavariya"da ishlagan, 2016 yilda esa "Manchester Siti"ni qabul qilib olgan va hozirgacha o‘sha yerda ishlamoqda. Murabbiyning "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar imzolangan.