New York Times gazetaning yozishicha, ana shunday ssenariylardan biri Ukraina qo‘shinlari tomonidan Kremlga zarba berishdir. Bunday holda, AQSh harbiylari mojaroning ommaviy ravishda kuchayishini, shu jumladan Rossiyada umumiy safarbarlik e’lon qilinishini va taktik yadroviy quroldan foydalanish mumkinligini yoki Moskva tomonidan jamoatchilik qo‘rquvi tufayli mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokaralarni boshlashni taklif qilishi mumki deyiladi maqolada. Qo‘shma Shtatlar Kiyev tomonidan bunday zarba berish ehtimolidan jiddiy xavotirda, shuning uchun ular uzoq masofaga uchuvchi raketalarni kiritish masalasini muhokama qilishga tayyor emas.
Nashrning yozishicha, AQSh rahbariyatiga ko‘ra, mojaroning rivojlanishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan boshqa kutilmagan holatlar Rossiya yoki Ukraina prezidentlarining o‘limi, shuningdek, Rossiya qurolli kuchlari raxbariyatini olib tashlashi bo‘lishi mumkin. Biroq, gazeta bu holatlarda voqealar rivojining ehtimoliy tafsilotlarini keltirmagan.