Bugun 3 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Pentagonni oshkor qilgan Jek Teysheyra 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

A A A
Pentagonni oshkor qilgan Jek Teysheyra 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Ma’lumotlar oshkor etilishida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi bilan bog‘liq hujjatlar bo‘lgan. Teysheyra shu yil boshida milliy mudofaa ma’lumotlarini qasddan saqlash va uzatishda oltita ayblov bo‘yicha aybini tan oldi.

Seshanba kuni AQSh federal sudyasi Massachusets havo milliy gvardiyasi a’zosi 22 yoshli Jek Teyxeyrani Pentagonning maxfiy hujjatlarini oshkor qilgani uchun 15 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Rasmiylarning ta’kidlashicha, Teyxeyra avvaliga o‘zi kirishi mumkin bo‘lgan maxfiy hujjatlarni yig‘gan, so‘ngra elektron qurilmalarini uyi yonidagi axlat qutisiga tashlab, qadamlarini yashirishga urinishdan oldin «maxfiy» va «o‘ta maxfiy» deb belgilangan fayllar fotosuratlarini baham ko‘rgan.

Sudga olib kelinganida to‘q sariq rangli kostyum kiygan Teysheyra hukm o‘qilishida hech qanday reaksiya ko‘rsatmadi.

Teysheyra shu yil boshida josuslik qonuniga binoan milliy mudofaa ma’lumotlarini qasddan saqlash va uzatishda oltita ayblovni tan oldi.

«Men keltirgan va yetkazgan barcha zararlar uchun uzr so‘rayman», dedi Teysheyra sudya oldida.

Kiritildi: 23:24 13.11.2024. O'qildi: 1553 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!