Pentagon Ho‘rmo‘z bo‘g‘ozini ochish uchun 2500 tagacha dengiz piyodalarini yuborishi mumkin, deb yozmoqda WSJ.
AQSh urush vaziri Pit Xegset oldinroq bo‘g‘ozni kemalar uchun ochishni va’da bergan edi.
Eron Ho‘rmo‘z bo‘g‘ozini yopganidan so‘ng jahon bozorida neft narxi 100 dollardan oshdi. AQSh G7 davlatlarini zahiralardan foydalanishga chaqirdi va vaqtincha Rossiya neftiga sanksiyalarni bekor qildi. Lekin bu choralar uzoq muddatga yetmasligi mumkin.
Eron neft narxini 200 dollargacha oshirishni va’da bergan. Bu sodir bo‘lsa, AQShda Tramp siyosatidan keskin norozilik yuzaga kelishi muqarrar.
Ayni damda Eron Hindiston kemalariga bo‘g‘ozdan o‘tishga ruxsat bergan. Fransiya va Italiya ham bo‘g‘ozdan kemalarning xavfsiz o‘tishi bo‘yicha Eron bilan muzokaralarni boshladi.