Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Pentagon Yaqin Sharqda joylashgan qo‘shinlarini yuqori shay holatga keltirdi

Pentagon Yaqin Sharqda joylashgan qo‘shinlarini yuqori shay holatga keltirdi

Pentagon Amerika qo‘shinlarini Yaqin Sharqdagi, jumladan, BAA, Iordaniya va Saudiya Arabistonidagi bazalarda yuqori shay holatga keltirdi.

Bu haqda The New York Times (NYT) manbalarga tayanib xabar berdi.

Nashrning ta’kidlashicha, Tehron, agar Vashington Isroilning Eronga qarshi harbiy harakatlariga qo‘shilsa, AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalariga zarba berishga hozirlik ko‘rmoqda.

Bu imkoniyat haqida avvalroq CBS xabar bergan edi.

NYT qayd etganidek, mintaqada 40 mingdan ortiq amerikalik askar jamlangan.

Kiritildi: 08:40 18.06.2025. O'qildi: 545 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!