AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainaga yangi qurol yetkazib berilishini va’da qilganidan so‘ng, Pentagon qurollar allaqachon yuborilayotganini e’lon qildi.
"Prezident Trampning ko‘rsatmasiga binoan AQSh Mudofaa vazirligi Ukrainaga qo‘shimcha mudofaa qurollarini yubormoqda, shunda ukrainaliklar o‘zlarini himoya qila oladi, biz barqaror tinchlikka erishish yo‘lida ishlayapmiz", — deyiladi Pentagon matbuot kotibi Shon Parnellning qisqa bayonotida.
Parnell aynan qanday qurollar yuborilayotgani haqida ma’lumot bermadi.
Shuningdek, AQSh Mudofaa vazirligi matbuot kotibi harbiy yordam bo‘yicha global miqyosdagi tekshiruv hali ham davom etayotganini tasdiqladi. Avvalroq AQSh rasmiylari aynan shu tekshiruv tufayli Ukrainaga harbiy yordam vaqtincha to‘xtatilganini bildirgandi.