Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Pentagon raketalar zahirasining qisqarib borayotganidan jiddiy xavotirda

A A A
Pentagon raketalar zahirasining qisqarib borayotganidan jiddiy xavotirda

Yaqin Sharqda AQSh armiyasi ishtirok etayotgan harbiy harakatlar ortidan xarajatlar keskin oshmoqda. Bloomberg agentligi xabar berishicha, Pentagon AQShdagi qurol-yarog‘ zahiralarining xavfli darajada kamayib borayotganini ma’lum qilgan.

Vashington raketalar va o‘q-dorilar zahirasini tiklash uchun taxminan 3,5 milliard dollar ajratadi. Bu mablag‘lar, asosan, Isroilning so‘roviga binoan janglarda ishtirok etayotgan AQShning Markaziy qo‘mondonligi xarajatlarini qoplash uchun mo‘ljallangan.

❕ Bu AQShdan berilgan birinchi yordam so‘rovi emas — bu kabi so‘rovlar soni ko‘paymoqda. Bu esa, Amerika tomonidan Isroilga uzluksiz ta’minotni ta’minlash imkoniyati va buning AQSh uchun qanchaga tushayotgani haqida savollar uyg‘otmoqda.

Tafsilotlar:

  • $1 milliard — Standard Missile turkumidagi ballistik raketalarga qarshi perexvatchi raketalar xaridi uchun ajratiladi.

  • $204 million — THAAD mo‘’jaz raketa tizimi uchun raketalar zahirasini tiklashga sarflanadi.

  • $9,2 million — THAAD tizimidagi radiolokasiya uskunalarini ta’mirlash uchun.

  • $1,4 million — raketalarni tezkor yetkazib berish uchun maxsus aviasiya missiyalari uchun ajratiladi.

Joriy yil iyun oyidagi 12 kunlik mojaroda AQSh kuchlari 100 dan ortiq THAAD raketasini ishlatgan — bu tizimning amaldagi zahiralarining chorak qismini tashkil qiladi. Shu bilan birga, o‘tgan yil davomida bunday raketalardan bor-yo‘g‘i 11 tani ishlab chiqarishga ulgurilgan.

Kiritildi: 15:39 25.08.2025. O'qildi: 1066 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!