AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostinning aytishicha, Ukraina kelayotgan qishda jangovar amaliyotlar o‘tkazish uchun barcha zarur resurslarga ega. Bu haqda Ostin Ukrainaga tashrifi chog‘ida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada "qishda muvaffaqiyat qozonish va kurashish uchun" barcha imkoniyatlar mavjud.
Pentagon rahbari Vladimir Zelenskiyning harbiy amaliyotlarni davom ettirish zarurligi haqidagi nuqtai nazariga ham qo‘shildi.
AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin 20 noyabr kuni amaliy tashrif bilan Ukrainaga keldi. Pentagonning xabar berishicha, u chet ellik hamkasblari bilan xavfsizlik sohasida strategik sheriklik masalalari va Kiyevga harbiy yordamning yangi choralarini muhokama qilish niyatida.