AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin NATO Bosh kotibi Mark Ryutte bilan telefon orqali suhbatda Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratdi.
Pentagon matbuot xizmati muloqot davomida AQShning alyans faoliyatidagi ustuvor yo‘nalishlari va NATO mudofaa vazirlari bo‘lajak yig‘ilishi xususida gaplashilganiga urg‘u bergan.
Xususan, Ostin Ukrainani qo‘llab-quvvatlash, Transatlantika mudofaa sanoatini mustahkamlashni davom ettirish zarurligini ta’kidlagan.
Tomonlar NATOning bu boradagi sa’y-harakati “Ukrainani kelajakda tuzilmaga qabul qilish” uchun “ko‘prik yasashi” haqida yakdil fikr bildirdi.
Ostin va Ryutte Yaqin Sharqda davom etayotgan beqarorlikka ham to‘xtalib, jumladan NATOning Iroqdagi salohiyatini oshirishda davom etish kerakligiga e’tibor qaratgan.