Bugun 4 mart, 2025 yil, seshanba

КИР

Pentagon jinsini o‘zgartirgan harbiy xizmatchilarni maxsus imtiyozga ega bo‘lmasa, ishdan bo‘shatishini ma’lum qildi. Ularning armiyaga borishi va xizmat qilishlari ham man etiladi.

Pentagon jinsini o‘zgartirgan harbiy xizmatchilarni maxsus imtiyozga ega bo‘lmasa, ishdan bo‘shatishini ma’lum qildi. Ularning armiyaga borishi va xizmat qilishlari ham man etiladi.

Yangi qarorga muvofiq:

- Pentagon 60 kun ichida jinsini o‘zgartirgan harbiy xizmatchilarni aniqlash va ishdan bo‘shatish tartibini ishlab chiqadi.

- Istisnolar faqat "majburiy milliy manfaat" holatlarida beriladi.

- Armiya harbiy xizmatchilarning jinsini o‘zgartirish tartib-qoidalarini bajarishni yoki ularga yordam berishni to‘xtatadi.

LGBT targ‘ibot guruhlari jinsini o‘zgartirgan harbiylar sonini taxminan 15 000 ga yaqin deb hisoblasa-da, rasmiylar bu ko‘rsatkich kamroq ekanini aytishmoqda.

So‘rovlar shuni ko‘rsatmoqdaki, amerikaliklarning 58 foizi transgenderlarning harbiy xizmatga kirishiga ruxsat berishni qo‘llab-quvvatlamoqda , 2019 yilda esa bu ko‘rsatkich gi 71 foizni tashkil etgan edi.

Kiritildi: 01:53 03.03.2025. O'qildi: 1691 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!