Bugun 17 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Pentagon janubiy chegara xavfsizligini mustahkamlash uchun USS Gravely kemasini yubordi

Pentagon janubiy chegara xavfsizligini mustahkamlash uchun USS Gravely kemasini yubordi

AQShning USS Gravely esminesi AQSh Shimoliy qo‘mondonligi mas’uliyati hududida mamlakat janubiy chegarasini himoya qilish missiyasini bajarish uchun Yorktaun harbiy-dengiz bazasidan jo‘nab ketdi.

Bu haqda qo‘mondonlik bayonotida aytilgan.

"USS Gravely kemasining joylashtirilishi prezident ko‘rsatmasiga muvofiq AQSh janubiy chegarasi xavfsizligini kuchaytiradi. Kema bizning mamlakat hududiy yaxlitligi, suvereniteti va xavfsizligini himoya qilish qobiliyatimizni oshiradi", - deya bayonotda Shimoliy qo‘mondonlik generali Gregori Giyo so‘zlaridan iqtibos keltiriladi.

Esmines missiyasiga idoralararo hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash, terrorizm, qurol-yarog‘ tarqalishi, transmilliy jinoyatchilik va noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish kiradi. Kema, shuningdek, dengiz operasiyalari, jumladan, qaroqchilikka qarshi kurash va xavfsizlikka ixtisoslashgan AQSh Sohil Xavfsizlik guruhini olib yuradi.

Kiritildi: 23:17 16.03.2025. O'qildi: 361 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!