Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Hutiylar Qizil dengizda AQSh samolyot tashuvchi kemasiga hujum qilishdi

Hutiylar Qizil dengizda AQSh samolyot tashuvchi kemasiga hujum qilishdi

Yaman shimolida hukmronlik qiluvchi shialarning "Ansor Alloh" harbiy-siyosiy harakati Qizil dengizda AQShning "Harry Truman" aviatashuvchi kemasiga hujum uyushtirdi, deya xabar bermoqda Hutiy qurolli kuchlari "Telegram"dagi kanalida.

"Agressiyaga javoban Qizil dengizdagi "Harry Truman" aviatashuvchi kemasi va harbiy kemalarga qarshi harbiy operasiya o‘tkazildi. Qizil dengiz shimolida aviatashuvchi kema va kemalar 18 ballistik, qanotli raketalar va uchuvchisiz uchoqlar bilan zarbaga uchradi", - deyiladi postda.

Qayd etilishicha, yakshanbaga o‘tar kechasi Amerika havo kuchlari Yamanga, xususan, uning poytaxti Sana va yetti viloyatga 47 marta zarba bergan. Shunday qilib, AQSh Falastindagi ocharchilikka qarshi adolatli pozisiyasi uchun qasos olmoqda, deya qayd etdi "Ansor Alloh" qurolli kuchlari.

Kiritildi: 00:55 17.03.2025. O'qildi: 1784 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!