Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Medvedov: "Makron va Starmer o‘zlarini ahmoq qilib ko‘rsatishmoqda"

Medvedov: "Makron va Starmer o‘zlarini ahmoq qilib ko‘rsatishmoqda"

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Fransiya va Britaniyani NATO davlatlari sifatida Rossiya Ukrainada alyans qo‘shinlarining bo‘lishiga qarshi bo‘lishiga qaramay, Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatishni xohlayotganlikda aybladi.

Bloomberg nashri avvalroq Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 37 davlatni "xohlaganlar koalisiyasi" - Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarni joylashtirishga va Kiyevga xavfsizlik kafolatlarini berishga tayyor davlatlar guruhini yaratishga jalb qilishga urinayotgani haqida xabar bergan edi.

"Makron va Starmer o‘zlarini ahmoq qilib ko‘rsatishmoqda. Har safar ularga tinchlikparvar kuchlar NATOga a’zo bo‘lmagan davlatlardan bo‘lishi kerak, deb aytishadi. Yo‘q, Fransiya va Buyuk Britaniya o‘n minglab jo‘natamiz deyishmoqda, shunchaki tan oling – sizlar Kiyevdagi neonasistlarga harbiy yordam bermoqchisizlar. Bu NATO bilan urush degani", — deb yozdi Medvedev ijtimoiy tarmoqda.

Siyosatchi, shuningdek, Fransiya va Britaniya rasmiylarini AQSh prezidenti Donald Tramp bilan "maslahatlashish"ga chaqirdi.

Kiritildi: 00:31 17.03.2025. O'qildi: 3134 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!