AQSh Isroil armiyasini qo‘llab-quvvatlash va mintaqaviy tahdidlarga qarshi choralar ko‘rishda unga to‘liq yordam ko‘rsatadi. Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Pit Hegset isroillik hamkasbi Isroil Kas bilan telefon orqali suhbatda ma’lum qildi.
«Vazir Hegset AQSh prezidenti Tramp rahbarligida Qo‘shma Shtatlar Isroilning o‘zini himoya qilish huquqini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini va Isroil mintaqadagi namunali ittifoqchi ekanini ta’kidladi.»
Shanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Isroilga 907 kg (2000 funt) og‘irlikdagi aviabombalarni yetkazib berishga ruxsat berdi. Bu taqiq ilgari Jo Bayden ma’muriyati tomonidan joriy etilgan edi.
Yangi Pentagon rahbari Pit Hegset avval ham islomga qarshi keskin bayonotlari bilan tanilgan. 2015 yilda Trampning hozirgi mudofaa vaziri lavozimiga nomzod «Barcha musulmonlarni o‘ldirish kerak» degan chaqirig‘i bilan e’tiborga tushgan.
2020 yilda nashr etilgan «Amerika salib yurishi» nomli kitobida Hegset «Islom hech qachon tinchlik dini bo‘lmagan» deya ta’kidlaydi va Isroilning Falastindagi harbiy harakatlarini XI asrdagi birinchi salib yurishiga qiyoslaydi.
💬 «Bizning vaziyatimiz XI asrga o‘xshaydi. Biz jang qilishni istamaymiz, lekin ming yil avvalgi xristian birodarlarimiz kabi bunga majburmiz», – deb yozadi Hegset o‘z kitobida.