Nashr manbalariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarning Eronga qarshi amaliyoti xarajatlari harbiy sohaning ayrim yo‘naliahlari bo‘yicha mablag‘ taqchilligiga olib kelgan.
"AQSh Harbiy-dengiz va Harbiy-havo kuchlari o‘quv mashg‘ulotlarini qisqartirishi mumkin. Shuningdek, Pentagon jangovar shaylikni saqlab qolish uchun mablag‘larni qayta taqsimlamoqda", deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, AQShning mudofaa byudjeti qariyb 1 trln dollarni tashkil etadi. Vashington 28 fevralda Eronga qarshi boshlagan harbiy amaliyot harajatlari esa rasman ochiqlanmagan.