Bugun 12 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Pentagon: "Byudjet yetishmasligi AQShga koinotda ustunlikni ta’minlashga xalaqit beradi"

Pentagon: "Byudjet yetishmasligi AQShga koinotda ustunlikni ta’minlashga xalaqit beradi"

Moliyaning yetishmasligi va eskirgan yondashuv Qo‘shma Shtatlarga koinotda harbiy ustunlikni ta’minlashga to‘sqinlik qiladi.

Bunday pozisiyani AQSh Koinot kuchlari qo‘mondoni general Chens Saltsmen Kongress huzuridagi mustaqil komissiyadagi tinglovda aytib o‘tdi.

"Birinchidan, bizning byudjetimiz koinotda ustunlikka erishish uchun barcha zarur imkoniyatlarni yaratish uchun yetarli emas", dedi Chens Saltsmen va Xitoyning ortib borayotgan kosmik salohiyati nuqtai nazaridan AQSh oldida bunday ulkan vazifa turganini tushuntirdi.

Uning baholashiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar nafaqat koinotga qarshi mudofaa vositalarini bostirish, balki "dushmanning kosmik qobiliyatidan mahrum qilish, kamaytirish va yo‘q qilish" qobiliyatini oshirishi kerak.

"Bugungi kunga kelib, bizda jangovar operasiyalarni o‘z shartlarimiz bo‘yicha o‘tkazish uchun kerak bo‘lgan hamma narsa yo‘q va biz boshqa missiyalarni buzmasdan mavjud resurslarni qayta taqsimlay olmaymiz", deb tan oldi AQSh Kosmik kuchlari qo‘mondoni. U, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar haligacha koinotga “jang maydoni sifatida emas, balki strategik resurs” sifatida qarashini ta’kidladi.

"Natijada, biz "kosmosni harbiylashtirish" haqida noto‘g‘ri tasavvur paydo bo‘lishidan qo‘rqib, kerakli choralarni ko‘rishdan o‘zimizni tiyayapmiz. Aslida koinot kamida yigirma yil oldin harbiylashtirilgan va bu haqiqatni o‘z vaqtida anglay olmaganimiz taraqqiyotimizga jiddiy to‘sqinlik qildi", - deya xulosa qildi u.

Kiritildi: 21:00 03.04.2025. O'qildi: 1133 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!