"Ushbu kelishuv tasdiqlangan xaridlar rejasini tezlashtiradi — yillik ishlab chiqarish quvvatlari 25 foizga oshiriladi, yetkazib berish muddatlari qisqartiriladi, bunda qiymat va taktik-texnik ko‘rsatkichlar saqlab qolinadi", deyiladi AQSh Harbiy-havo kuchlari bayonotida.
Ma’lumot qilinishicha, yangi bombardimonchi eng murakkab sharoitlarda harakat qilish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan. Jumladan, qurilmaning ko‘zga tashlanmasligini ta’minlaydigan stels texnologiyalari, barqaror tarmoq integrasiyasi hamda ma’lumotlarga asoslangan zamonaviy qo‘mondonlik va boshqaruv tizimi mavjud.
Pentagon birinchi B-21 yetkazib berilishi 2025 yilda belgilangan muddatda amalga oshirilganini ta’kidladi. Samolyotlar 2027 yilda Janubiy Dakota shtatidagi Ellsvort aviabazasiga joylashtiriladi.