Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Pensiyalarning eng kam miqdorlari oshirilishi kimlarga ta’sir qiladi?

A A A
Pensiyalarning eng kam miqdorlari oshirilishi kimlarga ta’sir qiladi?

🔰 Fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitusiyasining 46-moddasida pensiya va nafaqalar miqdorlarining rasman belgilangan eng kam iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lmasligi belgilangan.

🔰 Aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchilligini ta’minlash, ularning ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 31 yanvar kuni PF–24-son Farmoni qabul qilindi.

🔴 Ma’lumot uchun: Statistika agentligi tomonidan 2024 yil uchun minimal iste’mol xarajatlari miqdori 621 ming so‘m deb e’lon qilingan.

✅ Farmon bilan 2024 yilning 1 fevralidan boshlab pensiyalarning eng kam miqdorlari minimal iste’mol xarajatlari miqdoriga yetkazildi.

❔ Xo‘sh, minimal iste’mol xarajatlari miqdori o‘zgarishi qaysi toifa pensionerlarga ta’sir ko‘rsatadi?

✅ Eng kam miqdorida ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi 621 ming so‘mdan kam yoshga doir pensiya oluvchilarga.

✅ 621 ming so‘mdan kam miqdorida boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchilarga.

🗣 Farmonga asosan 780 mingga yaqin eng kam miqdorda pensiya oluvchilarning pensiyalari 621 ming so‘mga yetkazildi.

🗣 Buning natijasida, Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yiliga 109,7 mlrd. so‘m ajratiladi.

Kiritildi: 17:43 01.02.2024. O'qildi: 1652 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!