Masalan, oyiga 7 mln so‘m maosh oluvchi xodim 20 yilda amaldagi tizimda taxminan 5 mln so‘m to‘plasa, yangi tizimda bu mablag‘ 126 mln so‘mga yetishi mumkin.
Pensiya jamg‘armasi direktori Murodbek Otajonov tizimni takomillashtirish bo‘yicha rejalashtirilayotgan yangiliklarni ma’lum qildi:
▪️Hozir pensiya hisoblashda maksimal oylik 6 mln so‘m etib belgilangan. Shu sababli, oyligi 15 mln so‘m bo‘lgan xodim ham shu chegara asosida pensiya oladi. Endi ushbu limitni oshirish taklif qilinmoqda.
▪️Pensiya 20 yillik mehnat stajidan hisoblanadi. Pensiya miqdori oxirgi 10 yilning istalgan 5 yilidan emas, balki 20 yillik mehnat davri ish haqidan kelib chiqib hisoblanadi.
▪️"Mening pensiyam" mobil ilovasi. Yangi ilova orqali har bir fuqaro o‘z mehnat staji, maoshi, to‘langan soliqlari va yig‘ilgan pensiyasini real vaqt rejimida kuzatib borishi mumkin bo‘ladi.