Beechcraft Bonanza bir motorli samolyoti Pensilvaniya shtatining Lankaster okrugida halokatga uchradi.
CNN telekanalining qayd etishicha, bortda besh kishi bo‘lgan, biroq jabrlanganlar va halok bo‘lganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Guvohlardan birining so‘zlariga ko‘ra, samolyot havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay halokatga uchragan.
Voqea joyida favqulodda xizmatlar ishlamoqda.