Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Pelosining Tayvanga tashrifi tufayli endi jahon urushi boshlanishi mumkin — Financial Times

Pelosining Tayvanga tashrifi tufayli endi jahon urushi boshlanishi mumkin — Financial Times

AQSh Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi yangi jahon urushini boshlash uchun bahona bo‘lishi mumkin. Bu haqda Financial Times xabar bergan.

“Geostrategik ofatlar kamdan-kam hollarda havodan sodir bo‘ladi: Birinchi jahon urushiga qarang. Nensi Pelosining Tayvanga kelishiga, Xitoy va AQSh o‘rtasida yillar davomida kuchayib borayotgan keskinlikdan keyin shu nuqtai nazardan qarash kerak. Bu tarixdagi fojiali burilish nuqtalaridan biri bo‘ladimi yoki yo‘qmi, buni ko‘rish kerak, ammo bu, albatta, tavakkaldir”, deb yozadi Financial Times.

Avvalroq Xitoy Pelosining Tayvanga tashrifi XXRning “hududiy yaxlitligi”ni buzayotganini, chunki mamlakat rasmiylari orolni o‘zlarining tarixiy hududi deb bilishini aytgan edi. Kreml amerikalik siyosatchining tashrifini “sof provokasiya” deb atadi. Pelosi orolni tark etgach, Xitoy armiyasi Tayvan atrofida keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlarni boshladi. G‘arb matbuoti Xitoy Tayvan bo‘g‘ozida harbiy amaliyotlar o‘tkazishga tayyor, deb hisoblaydi. AQSh prezidenti Jo Bayden avvalroq Tayvanni himoya qilish uchun qo‘shin yuborishga tayyorligini aytgan edi.

Kiritildi: 14:14 05.08.2022. O'qildi: 4360 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!