Bugun 3 fevral, 2023 yil, juma

КИР

Pelening qizlari bu abarlarni rad etishdi

Pelening qizlari bu abarlarni rad etishdi

Braziliya milliy futbol jamoasi tarkibida uch karra jahon chempioni bo‘lgan Peli 30 noyabrda kasalxonaga yotqizilgan edi. Uning qizlari Flaviya va Kelli Nasimento futbol qirolining xastaligi terminal bosqichda ekani haqida tarqalgan xabarlarni inkor etdi.

Shifokorlar unga tana shishi, yurak yetishmovchiligi, hamda hardamxayol bo‘lib qolganini tashxis xulosasi sifatida e’lon qilgandi. Shanba kuni esa ommaviy axborot vositalari Pelening tanasi ximioterapiyaga beta’sir bo‘lib qolgani va unga palliativ (og‘riqlarni qoldirish va o‘lim arafasida tanaga qulay holat yaratish) yordam ko‘rsatilayotgani haqida xabar tarqatdi. Pelening o‘zi muxlislarini odatiy rejimda davolanayotganini ma’lum qilgan.

Qizi Kellining ta’kidlashicha, Pele uch hafta koronavirus bilan og‘rigan va o‘pkasiga infeksiya tushgani uchun kasalxonaga yotqizilgan. Ayni damda u oddiy palatada yotibdi, deyiladi xabarda.

"Uning xastaligi terminal bosqichda va palliativ davolanishda ekani haqidagi gap-so‘zlar yolg‘on. Bunday emas. Bunday bo‘lishini hammadan ko‘ra biz xohlamaymiz. Albatta bir kun kelib shunday bo‘ladi, lekin hozir bu kabi gap-so‘zlarni tarqatishning vaqti emas", – deya keltiradi qizi Flaviyaning so‘zlarini Globo Esporte nashri.

Kiritildi: 17:41 05.12.2022. O'qildi: 2806 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!