Bugun 26 noyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Pekinda qiyin vaziyatga tushib qolgan 40 nafarga yaqin fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

Pekinda qiyin vaziyatga tushib qolgan 40 nafarga yaqin fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

O‘zbekiston elchixona xodimlari va Pekin shahar huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Pekin shahar jamoat xavfsizligi departamenti vakillari, Pekin shahar tergov izolyatori ma’muriyati ishtirok etdi.

Pekin shahar jamoat xavfsizligi departamenti vakili Vu Di, Xitoy polisiyasi ishining o‘ziga xos xususiyatlari, shu jumladan, poytaxt xavfsizligini ta’minlash tizimi bilan yaqindan tanishtirdi. Uning aytishicha, jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida Xitoydagi xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va mazkur yo‘nalishdagi ishlarni doimiy muvofiqlashtirishdan manfaatdor.

Tomonlar, o‘zaro samarali hamkorlik natijasida joriy yilning o‘tgan davrida Pekin shahrida murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan 40 nafarga yaqin o‘zbekistonliklarga huquqiy yordam va konsullik xizmatlari ko‘rsatilib, ularni vatanga qaytarishga erishilganligini qayd etdilar.

Uchrashuv so‘nggida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, huquqbuzarliklar bilan bog‘liq oldinda turgan masalalarni birgalikda hal etishga va qonuniylikni ta’minlashga kelishib olindi.

Kiritildi: Bugun 19:02. O'qildi: 417 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!