Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Mobil ilovalar orqali pul o‘tkazmalari uchun komissiya to‘lovi bekor qilindi

A A A
Mobil ilovalar orqali pul o‘tkazmalari uchun komissiya to‘lovi bekor qilindi

Qirg‘izistonda mobil ilovalar va onlayn-banking orqali pul o‘tkazmalari uchun komissiya to‘lovi undirishni taqiqlash kuchga kirdi, deya xabar beradi Kabar.

Qirg‘iziston Respublikasi Milliy banki 2024 yil 25 noyabrda Milliy bankning tijorat banklari va to‘lov tashkilotlariga 2025 yil 31 dekabrga qadar mobil ilovalar va internet-banking orqali pul o‘tkazmalari uchun jismoniy shaxslardan yig‘im undirishni taqiqlovchi qarori rasman kuchga kirganini e’lon qildi. Taqiq Qirg‘iziston hududidagi milliy valyutadagi pul o‘tkazmalariga taalluqlidir.

Qayd etilishicha, ushbu chora-tadbirlar naqd pulsiz hisob-kitoblarni ko‘paytirish, raqamli bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish, raqamli to‘lov xizmatlarini rivojlantirish va mobil ilovalardan foydalanishni ommalashtirish maqsadida amalga oshirilgan.

Kiritildi: 18:52 26.11.2024. O'qildi: 5055 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!