Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Pekin Tramp bilan muzokaralarda Tayvan masalasini asosiy shart sifatida qo‘ymoqda – Reuters

Pekin Tramp bilan muzokaralarda Tayvan masalasini asosiy shart sifatida qo‘ymoqda – Reuters

​Kelgusi oyda AQSh prezidenti Donald Trampning Pekinga tashrifi kutilmoqda. Xitoy rahbari Si Jinpin bu galgi muzokaralarda Tayvan masalasini kun tartibining eng yuqori pog‘onasiga qo‘ydi. Bu o‘tgan yilgi uchrashuvlardan farq qiladi, chunki o‘shanda Pekin bu mavzuni vaqtincha chetga surib turgan edi.

​Taybey rasmiylari Trampning ittifoqchilarga nisbatan pragmatik yondashuvidan xavotirda. Ular Tramp Xitoy tomonidan AQSh samolyotlari yoki qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yirik hajmda sotib olinishi evaziga Tayvanni qo‘llab-quvvatlash siyosatini yumshatishi mumkinligidan cho‘chishyapti. Xitoy tomoni esa Vashington yirik harbiy to‘qnashuvdan qochish uchun Tayvan mustaqilligini qo‘llab-quvvatlamasligini ochiq bayon qilishi kerakligini ta’kidlamoqda.

​Hozirda AQSh "yagona Xitoy" siyosatiga amal qilib, orolning mustaqilligini tan olmaydi, biroq unga o‘zini himoya qilish uchun harbiy yordam ko‘rsatib keladi. Yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarish bo‘yicha jahon giganti bo‘lgan Tayvan atrofidagi vaziyatning o‘zgarishi Tinch okeani mintaqasidagi harbiy muvozanatga va Vashingtonning Osiyodagi xavfsizlik kafolatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Kiritildi: Bugun 17:55. O'qildi: 319 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!