Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Paypoqda 64 ming dollar: “Do‘stlik” postida valyuta yashirib olib chiqishga urinish fosh etildi

Paypoqda 64 ming dollar: “Do‘stlik” postida valyuta yashirib olib chiqishga urinish fosh etildi

“Do‘stlik” chegara bojxona postida fuqaroning paypog‘idan 64 ming AQSh dollari chiqdi.

Andijon viloyati bojxona boshqarmasining “Do‘stlik” chegara bojxona posti xodimlari xorijiy valyutani yashirincha olib chiqishga bo‘lgan urinishni fosh qildi.

O‘zbekistondan Qirg‘izistonga chiqib ketish maqsadida postning “Chiqish piyoda” yo‘nalishidagi yashil yo‘lak orqali harakatlangan fuqaro bojxona nazorati va shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Nazorat jarayonida fuqaroning bojxona deklarasiyasida ko‘rsatilmagan, yashirin holda olib chiqilayotgan xorijiy valyuta mablag‘lari borligi aniqlangan.

E’tiborlisi, jami 64 ming AQSh dollari miqdoridagi valyuta fuqaroning paypog‘iga yashirilgan holda olib chiqilayotgan bo‘lgan.

Bojxona xodimlarining hushyorligi va sinchkovligi natijasida 64 ming AQSh dollari aniqlanib, belgilangan tartibda vaqtincha saqlovga olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 16:42 08.10.2026. O'qildi: 907 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!