Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Paynet Toshkentdagi yuzlab to‘lov terminallarini sotuvga qo‘ydi

A A A
Paynet Toshkentdagi yuzlab to‘lov terminallarini sotuvga qo‘ydi

Paynet poytaxt bo‘ylab 920 ta to‘lov terminallarini auksionga qo‘ydi. Bu kompaniyaga tegishli 1 600 ta xuddi shunday terminallarning yarmi hisoblanadi.

Har bir terminal 33,3 mln so‘mdan kimoshdi savdosiga chiqarilgan. Ularni bir yilga bo‘lib to‘lashga ham olish mumkin.

Biroq qurilma sotib olingandan so‘ng, terminal joylashgan joy bilan alohida ijara shartnomasi tuzilishi kerak.

Bu tayyor biznes bo‘lishi mumkin. Chunki Paynet 2022 yilda 100 mlrd so‘mdan ko‘proq sof foyda ko‘rgan.

Kompaniya 100 foiz davlatga tegishli va uni xususiylashtirish jarayoni davom etmoqda.

Kiritildi: 16:54 14.04.2023. O'qildi: 3955 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!