Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ni karikatura qilgan rassom og‘ir kasallikdan vafot etdi

Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ni karikatura qilgan rassom og‘ir kasallikdan vafot etdi

Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ni karikatura qilgan daniyalik rassom Kurt Vestergor 87 yoshida og‘ir kasallik oqibatida vafot etdi.

Kurt Vestergor 2005 yilda 12ta karikatura chizib, uni "Yullands-posten" gazetasida e’lon qilgan edi. Buning ortidan musulmon dunyosida noroziliklar yuzaga kelib, millionlagan dindorlar namoyishlarga chiqqandi.

Norozilar Daniyaning jahon davlatlaridagi elchixonalariga hujumlar ham qilgan edi. 2006 yilning fevralidagi namoyishlar tartibsizliklarga aylanib, o‘nlab kishi halok bo‘lgan.

2015 yilning yanvarida Kurt Vestergorning karikaturalarini ko‘chirib bosgan Parijdagi Charlie Hebdo jurnaliga qilingan hujumda 12 kishi halok bo‘lgan.

Kurt Vestergor tahdidlar ortidan 2005 yildan beri yashirinib yashashga majbur bo‘lgan. 2008 yilda uni o‘ldirmoqchi bo‘lgan uch kishi Daniyada qo‘lga olingan.

Kiritildi: 03:52 20.07.2021. O'qildi: 14899 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!