Bugun 21 fevral, 2025 yil, juma

КИР

Payg‘ambar yoshiga yetsa, nima qilish kerak?

Payg‘ambar yoshiga yetsa, nima qilish kerak?

Sufyon Savriy rahmatullohi alayh aytadi: "Kimki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yoshlariga yetsa,  o‘ziga kafan tayyorlab qo‘ysin".  

Ba’zi ulamolar yetmish yetti yoshga ham kirishgan. Ahmad ibn Hanbal rahimahulloh ular safidandir.

Kimki payg‘ambar alayhissalomning yoshiga yetsa, bilsinki, u qabrning oldiga kelib qolibdi. Darhaqiqat, o‘tgan har bir kun  g‘animatdir.

"Saydul xotir".  

Ibnul Javziy rahimahulloh.

O‘tgan har kunimiz o‘lim sari o‘tgan bir kunimizdir. Yosh ulug‘lagach, o‘lim tayyorgarligi yanada kuchayishi lozim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yoshlariga yetish, oshib yashashning o‘zi ulkan baxt.

Kimgaki bu nasib etsa, nomaqbul amallardan tiyilishi, oxirat tadorigini yanada kuchaytirishi lozim.

Taajjubki, yoshlari ulg‘ayib qolsa-da, harom-harish, mast-alast yurib, behayo so‘zlaydigan, qo‘polfe’llik kishilar ham oz emas.

Bilmaydiki, qarilikning o‘zi o‘lim darakchisi. Tushunmaydiki, eshik taqillab, ortida hech kimga quloq solmay ish bajaruvchilar turibdi. Anglamaydiki, hayot omonat, ruh omonat. Mushohada ila nazar solmaydiki, tengdoshlarining ko‘pchiligi" yog‘och ot"ga minib, so‘nggi safarga ketib bo‘lishdi.

Navbat uniki, seniki, meniki va biznikidir. O‘lim yosh yoki qari deb tanlab o‘tirmaydi. Yaxshilik ila, yaxshi fe’l ila yashashga o‘rganaylik.

Sunnatulloh Abdulbosit

Kiritildi: 14:10 23.12.2020. O'qildi: 8390 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!