Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

“Paxtakor”ning Serbiya klubi bilan o‘rtoqlik o‘yini janjal bilan tugadi

“Paxtakor”ning Serbiya klubi bilan o‘rtoqlik o‘yini janjal bilan tugadi

Turkiyada tayyorgarlik ko‘rayotgan “Paxtakor” Antaliyadagi ikkinchi yig‘ini doirasida 24 yanvar, juma kuni o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Serbiyaning “Radnichki Nish” jamoasiga qarshi bahsning ikkinchi bo‘limida serblar ikkita gol urgan bo‘lsa, toshkentliklardan Diyor Xolmatov bitta goli bilan javob qaytardi, xolos – 1:2.

O‘rtoqlik maqomidagi o‘yin janjal sababli erta yakunlandi. Zaxiradan maydonga tushgan Dostonbek Hamdamov 85-daqiqada raqib o‘yinchisiga nisbatan qo‘pollik ishlatgach, serbiyalik himoyachi o‘rnidan turib orani ochiq qilishga tushdi va bu janjal ikki jamoaning ommaviy tortishuviga aylanib ketdi. Natijada polshalik hakamlar o‘yinni 87-daqiqadayoq yakunlashga majbur bo‘ldi.

Kiritildi: 18:50 25.01.2025. O'qildi: 1320 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!