Angliyaning London shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.
Kechaning markaziy to‘qnashuvida hali 22 yoshga ham to‘lmagan Mozes Itauma og‘ir vaznda IBF chempionligi uchun xorvatiyalik Filip Xrgovichga qarshi ringga ko‘tarildi.
9 raund davomida angliya vakili katta ustunlik bilan harakat qildi, hatto 2 raundda Xrgovichni nokdaun holatiga solishni ham uddaladi. Biroq to‘qqizinchi raundda barchasi butunlay o‘zgarib ketdi.
Filip tomonidan yo‘llangan og‘ir zarbalar ketma-ketligigidag so‘ng, Mozes muvozanatini yo‘qotdi va ring burchagiga suyanib yiqildi. Hakam esa shu zahoti jangni to‘xtatdi.
Shu tariqa Xrgovich IBF chempionligini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov og‘ir vazn toifasining IBF reytingida 6 o‘rinni egallab turibdi.