Ijtimoiy tarmoqlarda “Paxtakor metro bekatiga yosh bolani itarvorishibdi” nomi ostida xabar tarqalmoqda.
Ushbu holat yuzasidan “Toshkent metropoliteni” DUK ma’muriyati quyidagilarni ma’lum qiladi:
Joriy yilning 26-iyun sanasi soat taxminan 18:00 da metropolitenning Paxtakor bekatida harakat tarkibidan tushish chog‘ida yo‘lovchilardan biri (3 yoshli qizaloq) hamrohining etiborsizligi natijasida vagon eshigiga oyog‘ini qisib olgan. Shundan so‘ng, zudlik bilan unga birinchi yordam ko‘rsatilgan va tez tibbiy yordam xizmati chaqirtirilgan. Holat yuzasidan yo‘lovchiga hech qanday og‘ir jarohat yetmagan. Ya’ni tarmoqda tarqalayotgan “Yosh bolani itarvorishdi” mazmunidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va bu xabarlar yolg‘on ma’lumotdir.