Pavel Durov Telegram rahbariyati shaxsiy xabarlarni umuman oshkor etmaganini ma’lum qildi.
Messenjer asoschisining o‘z kanalida yozishicha, Telegram faqat jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarga oid IP-manzillar va telefon raqamlarini oshkor qilgan, biroq shaxsiy yozishmalarni emas.
"Kompaniya Yevropa Ittifoqining “Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi” qonuni asosida, faqat tegishli sud qarori mavjud bo‘lgandagina ma’lumotlarni rasmiy idoralar bilan bo‘lishadi. Telegram 12 yillik faoliyati davomida biror marta ham shaxsiy xabarlarning biror baytini oshkor qilmagan. Messenjer hech qachon shifrlashni zaiflashtirib, inson huquqlarini buzmagan. Biz bunday qilishdan ko‘ra bozorni tark etishni afzal ko‘ramiz", — deya qayd etdi Durov.