Axios portali Jo Baydenning maxfiy hujjatlarni noto‘g‘ri saqlash ishi bo‘yicha so‘roq qilinishining besh soatlik audioyozuvini e’lon qildi.
Yozuvda AQShning sobiq prezidenti sobiq maxsus prokuror Robert Xyor bilan suhbatda to‘xtab qolgani, sanalarni chalkashtirgan, mavzudan-mavzuga sakragani, xususan, hujjatlar haqidagi savolga javoban Mo‘g‘ulistonga qilgan safari haqida gapirgani aks etgan. U, shuningdek, maxfiy materiallarni "shunchaki kelajak avlodlar uchun" saqlamoqchi bo‘lganini ham tan olgan.
Suhbat boshida Bayden "Men yosh yigitman," deb hazillashgan. Biroq, so‘roq davomida u bir necha bor xotirasi bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan - vitse-prezidentlik davri va o‘g‘lining vafot etgan sanalarini eslay olmagan.
Ilgari Oq uy bu yozuvni e’lon qilishdan bosh tortib, bu keyingi tekshiruvlarga to‘sqinlik qilishi mumkinligini ta’kidlagan edi. Stenogramma avvalroq e’lon qilingan bo‘lsa-da, audio yozuv voqeaga hissiy tus berdi.