Bugun 6 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Pashinyan: “Armaniston Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish uchun YEOIIdan chiqishi kerak”

Pashinyan: “Armaniston Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish uchun YEOIIdan chiqishi kerak”

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakat Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishni istasa, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidan chiqishi kerakligini aytdi.

Uning ma’lum qilishicha, Armaniston 2027–2028 yillarda YEIga a’zolik uchun rasman ariza topshirishni rejalashtirmoqda.

Pashinyanning tushuntirishicha, mamlakat ikki ittifoqqa bir vaqtning o‘zida to‘laqonli a’zo bo‘la olmaydi. Chunki ularning bojxona qoidalari bir-biridan farq qiladi.

Hozircha YEOIIdan chiqish bo‘yicha amaliy ishlar boshlanmagan. Bu masala bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilishdan oldin referendum o‘tkazilishi kerak.

Kiritildi: 16:21 05.11.2026. O'qildi: 711 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik