Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Parkentdagi dehqon bozorida yong‘in chiqdi. Bozor faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Parkentdagi dehqon bozorida yong‘in chiqdi. Bozor faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

8 martga o‘tar kechasi soat taxminan 23:30 atrofida Parkent tumani dehqon bozorida yong‘in chiqdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inning kelib chiqishiga elektr energiyasidan noto‘g‘ri foydalanish sabab bo‘lgan. Halok bo‘lganlar, jarohatlanganlar yo‘q.

«Voqea joyiga kecha tunda viloyat hokimi Rustam Xolmatov bordi va yong‘in sabablarini chuqur o‘rganish, oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi», — deyiladi Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabarida.

Ayni paytda yong‘in to‘la o‘chirilgan, hududda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, IIBB, tuman hokimligi mutasaddilari bo‘lib turishibdi. Yong‘in-qutqaruv xizmati xodimlari ish olib bormoqda. Bozor faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

Kiritildi: 10:48 08.03.2020. O'qildi: 3126 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!