23 mart kuni Fransiya poytaxtida bo‘lib o‘tgan referendumda muhim qarorlar qabul qilindi. Ushbu masala bo‘yicha ovoz berishda ro‘yxatga olingan 1,4 millionga yaqin saylovchilarning atigi 4 foizi ishtirok etdi, deya ma’lum qildi shahar meri Ann Idalgo. Biroq ularning 66 foizi "ha" deya javob berishdi – bu tashabbusni yanada ilgari surish imkonini beradi.
20 ta munisipal okrugning har birida 25 tadan ko‘cha piyodalar uchun mo‘ljallangan hududga aylantirilishi rejalashtirilgan – qaysi ko‘chalarda o‘zgarish bo‘lishi mahalliy darajada hal qilinadi. Bu boradagi maslahatlashuvlar yaqin hafta ichida boshlanadi, deydi shahar rasmiylari. Bundan tashqari, ushbu rejaga ko‘ra, yaqin bir necha yil ichida Fransiya poytaxtida 10 ming o‘rinli avtomobillar to‘xtash joylarini yo‘q qilish rejalashtirilgan.
"Ushbu chora-tadbirlar shovqin va havo ifloslanishiga, shuningdek, global iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda yordam beradi", — deya fikr bildirdi mer Ann Idalgo.