Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Parijda Fransiya, Britaniya va Ukraina rahbarlari qisqa muzokaralar o‘tkazdi

Parijda Fransiya, Britaniya va Ukraina rahbarlari qisqa muzokaralar o‘tkazdi

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hamda Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer Parijdagi Yelisey saroyida muzokara olib bordi. Bu haqda Sky News ma’lum qilmoqda.

Uchrashuv “istak bildirganlar koalisiyasi” yig‘ilishi boshlanishidan oldin o‘tkazilgan. Muzokaralar tafsilotlari oshkor qilinmayapti.

Uchrashuvda 31 mamlakat delegasiyalari va rahbarlari ishtirok etadi. Majlisni Makron va Starmer boshqaradi.

Ilgari Starmer Buyuk Britaniya va Fransiya Ukraina bilan hamkorlikda AQShga tinchlik rejasini taqdim etish ustida ishlashini ma’lum qilgandi.

Makron va Zelenskiy ikki tomonlama uchrashuvda Ukrainada tinchlikparvar kuchlarni joylashtirish imkoniyatini muhokama qilishgan.

Kiritildi: 17:47 27.03.2025. O'qildi: 462 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!