“PSJ” futbol klubi Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finalida “Arsenal” jamoasini mag‘lub etgach, minglab muxlislar Parijning Yelisey maydonida to‘plandi.
Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, Yelisey yaqinidagi ko‘chalardan birida avtomobil odamlar to‘dasiga urilib, uch kishini bosib ketgan. Hodisa nima sababdan sodir bo‘lgani hozircha noma’lum.
Le Parisien nashrining yozishicha, jarohatlangan uch kishi kasalxonaga yetkazilgan, ulardan biri og‘ir ahvolda, qolgan ikki nafari esa nisbatan og‘ir jarohat olgan. Voqeadan so‘ng o‘nlab muxlislar avtomobil ortidan quvib borgan. Oradan ko‘p o‘tmay, avtomobil voqea joyidan bir necha metr narida yonib ketgan holatda topilgan.
“PSJ” klubining g‘alabasidan keyin kechasi yuz bergan tartibsizlar davomida Parij polisiyasi 43 kishini qo‘lga olgan, deb xabar bermoqda BFMTV.