Namoyishchilar va polisiya o‘rtasida to‘qnashuvlar birinchi may kuni Parijda 100 mingga yaqin odam ishtirok etgan namoyishda sodir bo‘ldi, huquq-tartibot xodimlari ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatdi.
Namoyishchilarga qo‘shilgan bir necha kishi to‘polon boshlagan.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari xodimlari ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz yordamida javob qaytarishgan.
Qayd etilishicha, bezorilar banklardan birining filialini ham buzib tashlagan. Bir necha kishi hibsga olingan.
BFMTV nashri polisiya ma’lumotlariga tayanib, 13 nafar hibsga olinganini aniqladi.
Avvalroq Parij polisiyasi prefekti Loran Nunyes poytaxtdagi 1 may namoyishida 2000 dan ortiq huquq-tartibot xodimlari xavfsizlikni ta’minlayotganini ma’lum qilgandi.