Bugun 18 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Parij va London Ho‘rmuz bo‘g‘ozida "tinchlik" missiyasiga boshchilik qiladi

Parij va London Ho‘rmuz bo‘g‘ozida "tinchlik" missiyasiga boshchilik qiladi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kemalar qatnovi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘p millatli missiya boshlanishini e’lon qilishdi.

Starmerning ta’kidlashicha, ushbu tashabbus faqat tinchlik va mudofaa xarakteriga ega bo‘lib, tijorat kemalarini himoya qilish hamda hududni minalardan tozalashga qaratilgan. Hozirgacha o‘ndan ortiq davlat ushbu missiyada ishtirok etish istagini bildirgan.

Germaniya kansleri Fridrix Mers ham Berlin ushbu operasiyada qatnashishga tayyorligini tasdiqladi. Biroq u nemis qo‘shinlarini joylashtirish uchun Yaqin Sharqdagi urush to‘liq tugashi asosiy shart ekanini aytib o‘tdi. Shuningdek, Mers ushbu missiyada AQShning ishtirok etishi "maqsadga muvofiq" bo‘lishini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: Bugun 09:35. O'qildi: 289 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!