Bugun 12 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Parij polisiyasi namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatdi

Parij polisiyasi namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatdi

Parijda polisiya AQSh bojxona to‘lovlari va davlat sektorining qisqartirilishiga norozilik bildirgan talabalarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va tayoqlardan foydalandi.

Parijda o‘qituvchilar va talabalar to‘qqizta ta’lim sektori kasaba uyushmasi chaqirgan mitingga chiqishdi. Agentlik muxbirining voqea joyidan ma’lum qilishicha, namoyishchilar barrikadalar o‘rnatgan, axlat qutilariga o‘t qo‘ygan, do‘kon oynalari va bankomatlarni sindirishga uringan. Aksiya boshlanganidan ko‘p o‘tmay, polisiya bilan to‘qnashuvlar yuz berdi. Ishtirokchilar petarda va tutun shashkalarini yoqishdi, shuningdek, huquq-tartibot idoralari xodimlariga petardalar otishdi, bu esa polisiyani tayoq va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatishga majbur qildi. Aksiya davomida ishtirokchilar AQSh prezidenti Donald Tramp siyosati va ular tomonidan joriy etilgan bojxona to‘lovlariga qarshi shiorlar aytib, Amerika bayrog‘ini ham yoqib yuborishgan.

Qayd etilishicha, noroziliklar davlat xizmatchilarining xarid qobiliyatining pasayishiga qarshi qaratilgan. Kasaba uyushmalari 2025 yilni "davlat sektori uchun qora yil" deb atadi va hukumatning pensiya yoshini ko‘tarish, ish haqini indeksasiya qilmaslik, ta’til to‘lovlarini qisqartirish va davlat xizmatlari byudjetini qisqartirish "ijtimoiy adolasizlik" bilan ishchilarni qattiqroq ishlashga majburlash niyatiga ishora qildi. Ayniqsa, ta’lim sohasi xodimlari boshlang‘ich va o‘rta maktablarda 250 ga yaqin pedagogik xodimlar qisqarishi, 223 ta o‘quv xonasining yopilishiga olib kelganini tanqid qildi. Shuningdek, ular pensiya islohotini bekor qilishni va 100% haq to‘lanadigan ta’tilni talab qilishmoqda. Bundan tashqari, kasaba uyushmalari mudofaa xarajatlari oshgan bir paytda davlat xarajatlari va ijtimoiy ta’minot uchun 9,1 milliard yevro ajratilishi bekor qilinganini tanqid qildi.

Kiritildi: 20:51 03.04.2025. O'qildi: 531 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!