Bugun 6 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

“Parij – Pekin Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab” xalqaro avtopoygasi ishtirokchilari Qoraqalpog‘istonda

“Parij – Pekin Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab” xalqaro avtopoygasi ishtirokchilari Qoraqalpog‘istonda

Fransiyaning "ATYPIC Travel Organisation" kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan "Parij – Pekin Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab" xalqaro avtopoygasi 2026-yil iyul–sentyabr oylarida Turkiya, Gruziya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoy hududlari orqali o‘tkazilmoqda.

Mazkur nufuzli xalqaro loyiha Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan mamlakatlarning boy tarixiy-madaniy merosi, tabiiy maskanlari va turizm salohiyatini dunyo jamoatchiligiga namoyish etishga xizmat qiladi.

Avtopoyga ishtirokchilari 2026 yil 30 iyul kuni Beyneu (Qozog‘iston Respublikasi) – Jasliq (Dovut ota) – Nukus yo‘nalishi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiga kirib keldi.

Xalqaro tadbir Qoraqalpog‘iston Respublikasining turizm salohiyatini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish, ekologik va avtoturizmni rivojlantirish, shuningdek, hududning ijobiy turistik imijini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Qoraqalpog‘iston o‘zining betakror tabiati, boy tarixiy merosi va zamonaviy turizm imkoniyatlari bilan xalqaro mehmonlarni kutib olishda davom etmoqda.

Kiritildi: 17:55 03.08.2026. O'qildi: 637 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!