Bugun 20 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Husiylar bilan to‘qnashuvlarda 13 harbiy halok bo‘ldi — Yaman armiyasi

Husiylar bilan to‘qnashuvlarda 13 harbiy halok bo‘ldi — Yaman armiyasi


Yaman armiyasi so‘nggi ikki kun davomida mamlakat janubi-g‘arbidagi Taiz va Lahij viloyatlarida husiylar bilan to‘qnashuvlarda 13 nafar harbiy halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Armiya tarkibidagi "Tur al-Baxa Mehvariy" bo‘linmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan bayonotda qurbonlar haqida ma’lumot berdi. Bo‘linma belgilangan maqsadlarga erishguncha janglarni davom ettirishini bildirdi.

Yamanda hukumat kuchlari va husiylar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar 2026 yil iyul oyi boshidan yana kuchaydi. Janglar Marib, Javf, Taiz, Lahij va Bayda viloyatlaridagi bir qator frontlarda davom etmoqda.

Mamlakatdagi urush 2014 yil sentyabrida husiylar poytaxt Sano va bir qator viloyatlar ustidan nazoratni o‘rnatganidan so‘ng boshlangan. 2015 yil mart oyida Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab davlatlari koalisiyasi xalqaro tan olingan Yaman hukumatiga yordam berish maqsadida mojaroga aralashgan.

Kiritildi: 23:18 19.09.2026. O'qildi: 615 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!