Yuguruvchi Elis Finot Parij Olimpiadasining 3000 metrga to‘siqlar osha yugurish bo‘yicha final bosqichidan so‘ng yigitining qo‘lini so‘radi. Bu haqda "centralasia.media" nashri xabar bermoqda.
Sportchi agar masofani 9 daqiqa ichida bosib o‘tsa, bu o‘ziga xos belgi ekanligini ta’kidlagan. Elis masofani 8:58,67 (yangi Yevropa rekordi) daqiqada bosib o‘tdi.
"Biz to‘qqiz yildan beri birgamiz. Oilaviy hayotimizda yangi sahifa ochildi", deydi sportchi.
33 yoshli Elis Olimpiadada professional sportchi bo‘lmagan kam sonlilardan biridir. U avtomobil innovasiyalari markazida muhandis bo‘lib ishlaydi.