Parij muzeyini ta’mirlash loyihasi 700-800 million yevroga baholanmoqda.
Bu haqda “Franc Press” agentligi mamlakat Prezidentiga yaqin doiralarga tayanib yozdi.
– Majmuani rekonstruksiya qilish loyihasi 700-800 million yevroga baholanmoqda va jarayon taxminan 10 yil davom etishi kutilyapti, – deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, loyihani moliyalashtirishda davlat “juda kam miqdorda” ishtirok etadi, asosiy mablag‘ muzeyning BAAdagi filiali va xayriya hisobidan to‘planishi rejalashtirilgan.